Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng ko‘p sotilayotgan avtomobillar ma’lum bo‘ldi (top-10)

Eng ko‘p sotilayotgan avtomobillar ma’lum bo‘ldi (top-10)

Tesla Model Y.

Foto: Auto.it

2024-yilning birinchi yarmida Tesla Model Y elektrokrossoveri dunyoda eng ko‘p sotilgan avtomobilga aylandi. Bu haqda «Avtostat» focus2move ma’lumotlariga asoslanib xabar berdi.

Olti oyda dunyoning 162 mamlakatida shu modeldagi elektromobillardan 581 mingtasi sotildi, bu Tesla Model Y ilk marta bestsellerga aylangan o‘tgan yilning shu davridagidan deyarli 2 foiz ko‘pdir.

Reytingda ikkinchi qatorni Toyota Corolla egalladi — 544 ming dona avtomobil (+5,7 foiz). Uchinchi — Toyota RAV4 (498 ming dona, +23,2 foiz).

Jahonda eng ko‘p sotilgan avtomobillar (top-10):

  1. Tesla Model Y — 581 mingta
  2. Toyota Corolla — 544 mingta
  3. Toyota RAV4 — 498 mingta
  4. Ford F-Series — 411 mingta
  5. Kia K5 — 373 mingta
  6. Honda CR-V — 362 mingta
  7. Chevrolet Silverado — 328 mingta
  8. Hyundai Tucson — 296 mingta
  9. Toyota Camry — 267 mingta
  10. Kia Sportage — 265 mingta
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring