Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertaga Toshkentda bir nechta ko‘cha yopiladi

Ertaga Toshkentda bir nechta ko‘cha yopiladi

Foto: Xabar.uz

II Xalqaro Toshkent marafoni o‘tkazilishi munosabati bilan 2020-yilning 6-dekabr kuni soat 10:00 dan 14:15 ga qadar poytaxt markazidagi bir qator ko‘chalar avtomobillar harakatlanishi uchun yopiladi.

Jumladan:

— Afrosiyob va Oybek ko‘chalarining bir qismi – «O‘zbekiston» metro bekati chorrahasidan Nukus ko‘chasigacha;

— Nukus ko‘chasining Oybek ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

— Abdulla Qodiriy ko‘chasining Istiqbol ko‘chasidan Abdulla Qodiriy bog‘i yaqinidagi aylanib qaytish yo‘ligacha (razvorot) bo‘lgan qismi;

— Beshyog‘och ko‘chasining Afrosiyob ko‘chasidan Islom Karimov shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

— Islom Karimov shoh ko‘chasining Beshyog‘och ko‘chasidan «O‘zbekiston» metro bekati chorrahasigacha bo‘lgan qismi.

«Vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring