Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonga «GM Korea» ehtiyot qismlar yetkazib beradi

O‘zbekistonga «GM Korea» ehtiyot qismlar yetkazib beradi

Foto: «WardsAuto»

«REGNUM» agentligi «Yonhap News»ga asoslanib xabar tarqatishicha, «GM Korea» kompaniyasi O‘zbekistonga avtomobillar uchun ehtiyot qismlar yetkazib beradi.

29-mart kuni «GMIO» sho‘’ba kompaniyasi hamda «GM Korea» kompaniyasi O‘zbekistonning «UzAuto» kompaniyasi vakillari bilan kelishuvga erishishdi, bunga ko‘ra janubiy koreyaliklar nafaqat «UzAuto», balki uning sheriklari bilan ham hamkorlik qiladi.

«O‘zbekiston ichki bozori o‘sib boryapti, bu esa avtomobillar uchun ehtiyot qismlar tayyorlovchi kompaniyamiz uchun ajoyib imkoniyatdir», — dedi «GM International Operations» vitse-prezidenti Jonni Saldana.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring