Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«UzAvto Motors» mashina narxini tushirmaslik uchun sudga arz qildi

«UzAvto Motors» mashina narxini tushirmaslik uchun sudga arz qildi

Foto: «.gazeta.ru»

«UzAvto Motors» AJ Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining qarori ustidan Toshkent shahar ma’muriy sudiga shikoyat arizasi kiritdi. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev xabar bermoqda.

Sud shu yilning 2-oktyabr kuni soat 10.00 da Toshkent shahar ma’muriy sudi binosida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Sudda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasidagi maxsus komissiyaning 21/31-sonli ish buyicha 19.08.2020-yildagi qarorini haqiqiy emas, deb topish haqidagi shikoyat arizasi ko‘rib chiqiladi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasidagi maxsus komissiyaning 21/31-sonli ish buyicha 19.08.2020-yildagi qarorida  «UzAvto Motors» AJdan yengil avtomobillar narxining asossiz oshirilgan qismini tushirish va ortiqcha olingan mablag‘ni iste’molchilarga qaytarish vazifasi yuklatilgan edi.

«Ko‘ramiz sud bu ishni qanchalik mustaqil ko‘rib chiqib, qonunlarga asosan qaror qabul qilarkin. Shuncha qiyinchilik bilan xalq roziligi uchun boshni kundaga qo‘yib qilinayotgan ishdan hafsala pir bo‘lmasinda ishqilib», — deb yozadi deputat.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring