Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana avtokredit mojarosi

Yana avtokredit mojarosi

Sirdaryo viloyatida fuqarolarga qulay shartlar asosida avtokreditlar berishni va’da qilgan MChJning kirdikorlari fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro A.S., N.J. va boshqalar oldindan til biriktirib, firibgarlik yo‘li bilan o‘zgalar mulkini qo‘lga kiritish va noqonuniy daromad orttirish maqsadida, «Y.N.» MChJni tashkil etishadi.

Ular Guliston shahrida ijaraga olingan binoda mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi ofis sifatida foydalanib, fuqarolarni foizlari yuqori bo‘lmagan va qulay shartlar asosida qisqa muddatda avtokredit ajratib berishga qiziqtirib, 34 nafar fuqaroning jami 425,8 mln so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring