Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana bir bankdan avtokredit ochildi. Bu safar 5 yil muddatgacha

Yana bir bankdan avtokredit ochildi. Bu safar 5 yil muddatgacha

Foto: «Kommersant.Uz»

O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va ichki bozorda rasmiy dilerlar tarmog‘i orqali sotiladigan «GM Uzbekistan» AJ avtomobillarini olish uchun «Asia Alliance Bank» tomonidan jismoniy shaxslarga iste’mol kreditlari beriladi.

Kreditlar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida, shuningdek, bankning mintaqaviy filiali mavjud hamda bankda milliy valyutada talab qilingan darajagacha depozit hisob raqami ochilgan viloyatlarda doimiy ish o‘rni va propiskaga ega jismoniy shaxs — rezident (qarz oluvchi)ga beriladi.

Kredit qarz oluvchi tomonidan avtomobil narxining 25 foizi miqdori dastlabki badal to‘lovi ko‘rinishida to‘lash sharti bilan avtomobil narxining 75 foizi miqdorida beriladi.

Kreditlashning to‘liq muddati uchun sug‘urta mukofoti so‘ralgan kredit summasi tarkibiga kiritilishi mumkin. Faqat kreditlashning to‘liq muddatida uning yillik miqdori avtomobil narxining 1,5 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.

Foto: «Xalq so‘zi online»

Bankda kredit garovi sifatida quyidagilar qabul qilinadi:

— kredit hisobiga olinayotgan avtotransport vositasi (asosiy garov)i;

— bank talabini qondiradigan boshqa ta’minot turlari (qo‘shimcha).

Bunda garov summasi kredit summasining 125 foizdan kam bo‘lmagan miqdorini qoplashi kerak. Qarz oluvchi tomonidan asosiy qarz va foizlar har oyda teng miqdorda (annuitet) to‘lab boriladi.

Kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

1. Kredit olish uchun ariza.

2. Ish joyidan oxirgi 12 oy davomida olgan daromad hajmini tasdiqlovchi ma’lumotnoma yoki shu kabi boshqa hujjat.

3. Yashash joyidan ma’lumotnoma.

4. Avtomobil sotib olish shartnomasi.

5. Davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish va INN olganlikni tasdiqlovchi hujjat (ma’lumotnoma) nusxalari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring