Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana o‘sha QQS. Chuqurroq nafas oling va vahimaga yo‘l bermang

Yana o‘sha QQS. Chuqurroq nafas oling va vahimaga yo‘l bermang

Zafar Hoshimov.

Foto: «imperiya.by»

Tadbirkor Zafar Hoshimov avvalgi maqolasida soliq yuki shakllanishini bir quti choy misolida tushuntirib bergan edi. O‘sha misolda mahsulot narxi o‘sgan taqdirda ham bu QQS tufayli sodir bo‘lmasligi ko‘rsatilgandi. Mutaxassis ushbu mavzuda navbatdagi maqolasini taqdim etdi:

O‘sha maqolaga izohda ko‘pchilik mushtariylarimiz «xuddi o‘sha mahsulotlarni mahalliy bozorda ishlab chiqaruvchi kichik hajmli ishlab chiqaruvchi korxonalar nima qilsin unda?», qabilidagi savollar bilan asosli murojaat qilishdi.

Soliq tizimida qabul qilingan o‘zgarishlardan so‘ng minglab mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan faoliyat yurita turib, kundalik hayotimizda muntazam ravishda ushbu savolga to‘qnash kelishimiz tabiiy. Yaqinda ana shunday ishlab chiqaruvchilardan biri bilan suhbatlashdim.

Pechene ishlab chiqaruvchi qandolat sexining xo‘jayini umum o‘rnatilgan soliq tortish tizimidan so‘ng mahsulotning korxonadan chiqariladigan narxini 20 foizga oshirishga majburligini aytib, taklif bilan kelgan ekan. Ular bilan birinchi yil ishlab turganimiz yo‘q va ishlab chiqarish hajmi tarmog‘imiz bilan birga kengayganidan xabarim bor. U juda to‘g‘ri va tartibli odam bo‘lgani uchun narx borasida manipulyasiya qilayapti yoki shunchaki narxlarini oshirib olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermoqchi emas, degan fikrdan yiroq edim. U esa, o‘z navbatida, bozorda yolg‘iz emasligi, shartnoma tuzmagan taqdirimizda o‘zining ishlab chiqarish hajmida sezilarli yo‘qotishlarga uchrashini juda yaxshi tushunadi.

Men u bilan uchrashdim, qo‘limizga qog‘oz va qalam olib narxlarni bir-bir hisobga solib, muhokama qila boshladik. Suhbatimizdan sizni ham bahramand etishni istayman:

— Demak, Baxtiyor (ism o‘zgartirildi) aka, endi siz QQS to‘layman, deb uni mahsulot narxiga to‘lig‘icha yuklab qo‘ymoqchisiz, shundaymi?

— Ha, aks holda qanday qilib harajatni qoplayman?

— Yaxshi. Bungacha qancha miqdorda soliq to‘lab kelgansiz?

— Savdodan 5 foiz.

Ya’ni biz sizga o‘tkazib bergan har bir 100 so‘m hisobingizga 95 so‘m bo‘lib tushgan?

— Ha.

— Unda, Baxtiyor aka, QQSdan so‘ng huddi o‘sha tushum darajasida qolaman, desangiz, ushbu soliqni narxingizning 95 foiziga ustama qilib qo‘yib hisoblashingiz lozim, 100ga emas. Bu esa avvalgi narxga 20 foiz emas, 14 foiz qo‘shish degani. Bu boshlanishiga. Davom etamiz. Masalliqlarning narxdagi tarkibi va ularning narxini bilsam bo‘ladimi?

— Ha, mahsulot turiga qarab: 20-25 foiz qozoq uni, 17 foiz  mahalliy margarin, 5 foiz o‘simlik yog‘i, 5 foiz  shakar, 7 foiz shokolad va balki 3 foiz turli xil xamirturushlar, hajm beruvchilar, ziravorlar, qo‘shimchalar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Aytgancha, qadog‘i ham bor, taxminan 11 foiz. Ammo qadoq ta’minotchisi QQS bilan birga bo‘lsayam narxni oshirmasdan yetkazib beraman, deb va’da qildi.

— Ko‘rdingizmi, shakarni qo‘shmaganda ham (shakar imtiyozli ravishda QQSdan ozod qilingan) taxminan 66 foiz atrofida narxingizni ichida QQSli mahsulot va masalliqlar bor. Ya’ni taxminan 11 foizini siz QQS to‘lagan holda hisobga olmoqdasiz. Endi, narxining ichida qancha elektr quvvati, gaz va suv borligini ayta olasizmi?

— Ha, ularning narxi oshib ketdi. Avval arzimas chaqa edi, hozir esa shularning hammasiga 3 foizdan ko‘p ketyapti.

— Shundan kelib chiqyaptiki, u yerda yana 0,5 foizdan ko‘proq QQS bor. Siz katta tezlikda hisob bo‘yicha 11,5 foiz qaytarib olasiz. Siz 14 foiz ko‘tarmoqchi bo‘lgan miqdordan 2,5 foiz qolmoqda. Mehnat solig‘idan iqtisod qilib qolayotganingizni ham hisobga olmasdan bu iqtisodni paydo bo‘lgan boshqa soliqlarni so‘ndirishga yo‘naltirdingiz, deylik. Demak, siz QQSdan o‘tgandan so‘ng bizga bo‘lgan narxingizni roppa-rosa 2,5 foiz oshirasiz va biz bunga rozi bo‘lamiz.  

— Bunaqa oddiy emasda, Zafar aka. Men importchilardan hammasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri olmaymanku. Masalan, shokolad va unni menga ulgurji savdogar olib keladi. Margarin esa mahalliy ishlab chiqaruvchiniki.

— Men margarin ishlab chiqaruvchisi bilan tanishman. QQS joriy etilishi bilan narxlari oshadi, deb o‘ylamayman. Bu import xom-ashyo hisobiga amalga oshiriladigan past marjinal ishlab chiqarish.

Ulardagi narx tarkibida 80 foizdan ko‘prog‘i avvaldanoq QQSga ega bo‘lgan import masalliqlarning narxi. Shunday ekan, margarin sexlari uchun bu QQS hatto foydali bo‘lishi mumkin. Mahalliy yirik yog‘-moy kombinatlarining mahsulotlari esa shundoq ham QQSli bo‘lgan. Un va shokoladga kelsak, to‘g‘ridan-to‘g‘ri importchilarga chiqasiz. Masalan, o‘zimiz ham un olib kelamiz va ulgurji sotuvchingiz buni qilmasa, biz bajonidil sizga narxini o‘zgartirmay QQS bilan sotishimiz mumkin. Ishonchim komilki, hatto QQS bilan ham bizning mahsulot unikidan umuman qimmat bo‘lmaydi. Hajmlaringiz yaxshi, shuning uchun importchi va shokolad ishlab chiqaruvchilar bilan ham to‘g‘ri aloqa o‘rnatishingizga ishonaman. Ularning narxida doim QQS bo‘lgan.

Ana shu muloqotdan keyin muayyan holatda Baxtiyor aka bilan avvalgi narxga 103 foiz qo‘shish bo‘yicha kelishib oldik. Lekin endi QQS bilan birga!

Baxtiyor aka rozi bo‘lmasa nima qilgan bo‘lar edik?

Birinchidan, yuqoridagi misolda ishlab chiqaruvchi umuman zarar ko‘rmagani yaqqol ko‘rinib turibdi. Mabodo u ko‘nmaganda ham o‘rnini raqobatchilari bajonidil egallashar edi va o‘zlarining ahamiyatsiz yo‘qotishlarini ham raqobatchisining ketishi evaziga ortig‘i bilan chiqarib olishardi. Bozor shunaqa, vakuumga chidamaydi.

Uning bizning peshtaxtalarimizdagi pechenelari narxini ham soliq yukimiz kamayishi hisobiga ushlab qolishga erishdik.

Shuning uchun ham, ishonchim komilki, vaqti kelib QQS bilan bog‘liq savol o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Buning uchun fursat zarur bo‘lsa-da, narxlarga hech nima qilmaydi.

Chuqurroq nafas oling va vahimaga yo‘l bermang.

Quyida ushbu mahsulotga doir hisob-kitoblarimizni keltirib o‘taman:

Pechene 250 g.

2018-yilda:

  • Ishlab chiqaruvchidan olish — 2955.00
  • Sotish — 3390.00
  • YaST 4% — 135,60
  • Korzinkaning foydasi vali ~300 so‘m.

2019-yilda:

  • Ishlab chiqaruvchidan olish — 3044
  • Sotish — 3390 (o‘zgarmadi).
  • QQS 565 so‘m
  • Hisobga QQS 507,4
  • To‘lovga QQS 57,66
  • Korzinkaning foydasi vali ~290 so‘m
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring