Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda ayol kishi intim videosi sabab tahdidga uchradi

Andijonda ayol kishi intim videosi sabab tahdidga uchradi

Andijon shahrida fuqaro S.R. tanishi U.M. orqali tovlamachilik yo‘li bilan ayol U.A. ishtirok etgan intim videotasvirlarni ko‘rsatib, ularni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborish bilan qo‘rqitgan.

Andijon viloyati IIB xabariga ko‘ra, voqea 14 aprelda ro‘y bergan. Shu kuni Andijon viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tezkor tadbir o‘tkazgan va gumondor 300 dollar pulni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring