Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijondagi ayanchli qotillikning tafsilotlari ochiqlandi

Andijondagi ayanchli qotillikning tafsilotlari ochiqlandi

Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidan o‘tgan kanaldan odam jasadi chiqdi. Qotillik alomatli bilan topilgan murda Andijon viloyatining Baliqchi tumanida istiqomat qilgan 55 yoshli M. Sh. ekani aniqlangan. Yana bir aniqlikki, marhumning qotilligida uning 22 yoshli o‘g‘li gumonlamoqda.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining «Xabar.uz» so‘roviga javoban ma’lum qilishicha, marhum hayotlik paytida ichimlikka mukkasidan ketgan, mast holatda muntazam o‘zining to‘ng‘ich qiziga shahvoniy tajovuzlar qilib kelgan. Bundan bezor bo‘lgan qiz Rossiya Federatsiyasiga ketib qoladi va o‘sha yerda ishlayotgan ukasiga otasining qiliqlarini aytib beradi. Otasining xatti-harakatlaridan g‘azablangan yigit shu yilning 28 may kuni hech kimga aytmay Rossiyadan Qozog‘iston orqali uyiga kelib, o‘sha kuni yarim tunda otasining yotoqxonasiga kiradi va pichoq bilan uning umriga zomin bo‘ladi.

Shundan so‘ng jinoyatini yashirish maqsadida otasining murdasini avtomashinaga yuklab, Baliqchi tumani hududidan oqib o‘tgan «Katta Andijon» magistral kanaliga tashlab yuboradi. O‘zi esa tongda Qozog‘iston Respublikasi orqali Rossiya Federatsiyasiga qonuniy tartibda chiqib ketadi.

Hozirda holat yuzasidan JKning 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring