Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijondagi konda fuqaro baxtsiz hodisa qurboniga aylandi

Andijondagi konda fuqaro baxtsiz hodisa qurboniga aylandi

Foto: Xabar.uz

Andijondagi konda bir kishini tosh bosib qoldi, natijada u halok bo‘lgan. 

Hodisa  25-noyabr kuni soat 10:00 larda Buloqboshi tumanida joylashgan «Muhammad Tosh koni» MChJga tegishli konda sodir bo‘lgan.

«Qaqir» MFY Binafsha ko‘chasida yashovchi 46 yoshli S.A.ni kondagi tosh chiqarish ishlari vaqtida ehtiyotsizlik oqibatida tosh bosib qolgan. Hodisa oqibatida, S.A. voqea joyida vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring