Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Angren» ko‘mir konida yuz bergan hodisada bir kishi vafot etdi

«Angren» ko‘mir konida yuz bergan hodisada bir kishi vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Angren» ko‘mir konida ko‘ngilsiz hodisa yuz bergani aks etgan videolavha tarqalgan edi.

«O‘zbekko‘mir» kompaniyasi axborot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, voqea joriy yilning 5 mart kuni soat 10:15 larda «Angren» ko‘mir konida sodir bo‘lgan. Unda «BelAZ» rusumli avtoag‘dargich tog‘ jinslarini to‘kish vaqtida orqaga sirpanib, ag‘darilib ketgan va alangalanish ro‘y bergan.

Kompaniyaga tegishli o‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga tezlik bilan yetib kelgan va yong‘in to‘liq o‘chirilgan. Hodisa oqibatida og‘ir tan jarohati olgan avtoag‘dargich haydovchisi A.Axmedjanovga korxona tibbiy bo‘lim xodimlari tomonidan birinchi yordam berilgan va shoshilinch ravishda shahar markaziy shifoxonasiga yetkazilgan.

Ammo ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, haydovchi kasalxonada vafot etgan.

Hozirda ko‘mir konida ro‘y bergan hodisa yuzasidan huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring