Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Biryo‘la ikkita sexda yong‘in: FVV hodisa yuzasidan ma’lumot berdi

Biryo‘la ikkita sexda yong‘in: FVV hodisa yuzasidan ma’lumot berdi

Bugun, 2-aprel soat 14:34 da poytaxtning Yakkasaroy tumani, Qushbegi ko‘chasida joylashgan sexda yong‘in sodir bo‘ldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining 5 ta o‘t o‘chirish va qutqaruv brigadasi hodisa joyiga yetib borgan. Taxminan 200 kv.m hudud zararlangan. Hodisada qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q. 

Shuningdek, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida  joylashgan deraza va eshiklar ishlab chiqarish sexida  ham yong‘in kelib chiqqan. Olov 300 kv.m hududga tarqalgani aytilmoqda. Bu yerda ham jabrlangan va qurbonlar kuzatilmagan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring