Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda «Holiq vayner» taxallusli bloger qamaldi

Buxoroda «Holiq vayner» taxallusli bloger qamaldi

Videodan kadr.

Buxoroda «Holiq vayner» nomi bilan mashhur bo‘lgan bloger qamaldi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB xabar berdi. 

Buxoro shahrining Namozgoh ko‘chasida suratga olingan videoda vayner o‘z boshqaruvidagi avtomobilida yo‘l belgisiga qasddan shikast yetkazgan. Buning ustiga u ikki nafar sherigining ustiga transport vositasini tik haydab borgan. 

Hodisa yuzasidan Buxoro IIB surishtiruv olib borgan va mashina jarima maydonchasiga qo‘yildi. 

Shuningdek, «Holiq vayner» va uning 4 nafar sherigiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari asosida hukm chiqarildi. 

Yakunda «Holiq vayner» yetti sutkaga, uning sheriklari esa besh sutkadan qamoq jazosiga hukm etildi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring