Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda katta miqdorda pilla sotayotganlar qo‘lga olindi

Buxoroda katta miqdorda pilla sotayotganlar qo‘lga olindi

Buxoro viloyat IIB axborot xizmatining «Xabar.uz» ga ma’lum qilishicha, viloyatda pilla xom-ashyosining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq holat aniqlangan.

Olot tumanida yashovchi pillakor O.J. o‘zining mashaqqatli mehnati evaziga yetishtirilgan pilla xom ashyosining 400 kilogramm qismini pullagan. Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumanida yashovchi M.Yu. va S.L. ismli shaxslar ushbu pilla xom ashyosini «Damas» rusumli avtomashina yukxonasida noqonuniy ravishda viloyat hududidan olib chiqib ketilayotganda, qo‘lga olingan.

Yana bir holatda Olot tumanining Soyon qorovul qishlog‘ida yashovchi ayol boshqa bir fuqaroga 15 kilogramm pillani bir million so‘m pul evaziga sotayotgani aniqlangan.

Xuddi shunday holat Romitan tumanida o‘tkazilgan tadbirda ham aniqlangan. Ushbu tumanning Qumrabot qishlog‘ida yashovchi fuqaro F.I.ning «Damas»i to‘xtatib tekshirilgan. F.I. 367 tonna pilla xom ashyosini Buxoro hududidan tashqariga sotish uchun olib chiqmoqchi bo‘lgan.

«Shartnomaviy shartlar asosida davlatga topshirilishi lozim bo‘lgan pillani qing‘ir yo‘llar bilan oldi-sottisini amalga oshirish javobgarlikka sabab bo‘ladi»,-deydi viloyat IIB mas’ul xodimi.

Mazkur holatlar yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, tergovga qadar tekshuruv harakatlari olib borilmoqda.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring