Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektrobusning Cobalt bilan to‘qnashuvi ayanchli yakunlandi

Elektrobusning Cobalt bilan to‘qnashuvi ayanchli yakunlandi

6-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tumani Durmon yo‘li - G‘azalkent ko‘chalari kesishgan chorrahasida, 1958-yilda tug‘ilgan L.S. boshqaruvida bo‘lgan elektrobus hamda Y.F. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinasi ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida Cobalt avtomashina haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida tibbiy muassasaga olib borilgan. Biroq tibbiyot xodimlarining sa’yi-harakatlariga qaramasdan Y.F. vafot etgan.

Shuningdek Cobalt avtomashinasining 1 nafar yo‘lovchisi ham olgan tan jarohatlari natijasida shifoxonaga yotqizilgan, hozirda shifokorlar nazoratida.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring