Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gulistonda gaz chaqnashidan bir kishi jarohatlandi

Gulistonda gaz chaqnashidan bir kishi jarohatlandi

Foto: «Xabar.uz»

Kecha, 26-yanvar kuni Guliston shahar «Namuna» MFY Al-Xorazmiy ko‘chasidagi xonadonda havo-gaz aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq hodisa sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida yong‘in yuzaga kelmagan, xonadon oshxonasining kirish eshigi va derazasi qisman shikastlangan hamda 1 nafar fuqaro tan jarohati olib shifoxonaga yuborilgan.

Hozirda ushbu hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi viloyat FVB xabarida.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Sirdaryo viloyatining  Xovos tumanidagi 2 qavatli uyning 1-qavatida sodir bo‘lgan gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring