Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB xodimiga pichoq bilan tashlangan shaxs ushlandi

MIB xodimiga pichoq bilan tashlangan shaxs ushlandi

Foto: «Xabar.uz»

Andijon viloyati Asaka tumanida fuqaro MIB xodimini haqorat qilib, unga pichoq bilan tashlangani xabar qilingandi.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Jinoyat kodeksining 219-moddasiga ko‘ra, qarshilik ko‘rsatish, ya’ni xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik ko‘rsatish jinoyati sodir qilgan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring