Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namanganda vahshiy qotillik sodir bo‘ldi

Namanganda vahshiy qotillik sodir bo‘ldi

Videolavhadan skrinshot

Namangan viloyati Pop tumani «Anhor» MFY hududida joylashgan bino hovlisida shu yerda qorovul bo‘lib ishlab kelgan 66 yoshli fuqaroning qotillik alomatlari bilan jasadi topildi. Bu haqda «Zamon» informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Viloyat IIB va prokuratura xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni Pop tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan 41 yoshli fuqaro sodir etgani aniqlandi.

Holat yuzasidan Nimangan viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring