Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nurafshon shahar sudi binosidan qochgan xavfli jinoyatchi ushlandi

Nurafshon shahar sudi binosidan qochgan xavfli jinoyatchi ushlandi

Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati

Kecha, 21-oktyabr kuni soat 17.00. atrofida Toshkent viloyatining Nurafshon shahar sudi binosidan og‘ir jinoyat sodir etganlikda ayblanib, sudga berilgan shaxs qochib ketdi. Bu haqda «Tez News» huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbalariga  tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, 34 yoshli sudlanuvchi Sh.A. keyingi o‘n yilda bezorlik, talonchilik, o‘g‘rilik va zo‘rlash jinoyatlari bilan to‘rt marta sudlanishga ulgurgan.  Bu safar u Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish), 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish), 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib, g‘ayritabiiy usulda qondirish) kabi jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, sudga tortilgani aytiladi.

Ayblovlar og‘irligiga ko‘ra sudlanuvchiga nisbatan dastlabki tergovdayoq «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llangani ehtimoli yuqori. U avval to‘rt marta sudlangani e’tiborga olinsa, ayni ehtimol yuz foizga tengligi oydinlashadi. Shunga qaramay, uning sud binosidan qochib ketishga imkon topganligi tasavvurga sig‘maydi.

Toshkent viloyati IIBB xodimlari tomonidan tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv surishtiruv ishlari natijasida  Sh.A. bugun, 22-oktyabr kuni Nurafshon shahri hududida qo‘lga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring