Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zenergoinspeksiya»: Buxoroda bir necha yuz millionlik o‘g‘irliklar aniqlandi

«O‘zenergoinspeksiya»: Buxoroda bir necha yuz millionlik o‘g‘irliklar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi, «O‘zenergoinspeksiya» hududiy boshqarmasi va ETK xodimlari hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazilgan.

«B.B.» MChJ rahbari B.I. va boshqalar Sanoatchilar ko‘chasidagi ko‘p qavatli savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasini barpo etishda tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 433,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Qorovulbozor tuman bo‘limi va tuman ETK xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida «H.A.» MChJni norasmiy boshqarib kelgan fuqaro Sh.H. suv resurslarini ko‘p talab qiladigan maydondagi ekinlarni sug‘orish uchun o‘rnatilgan elektr hisoblagich sxemasini o‘zgartirib, jami 152 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring