Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarshidagi uydan olov ichida qolgan fuqaro qutqarildi (foto)

Qarshidagi uydan olov ichida qolgan fuqaro qutqarildi (foto)

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

5 iyul kuni Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Qarshi shahrida joylashgan uyda yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining qutqaruvchilari tomonidan yong‘in bartaraf etildi. Shuningdek, ular voqea joyida qolib ketgan bir nafar fuqaroni ham qutqarib qoldilar.

Yong‘in tamaki maxsulotini chekish oqibatida kelib chiqqanligi ma’lum bo‘ldi.

Ayni paytda ko‘rilgan moddiy zarar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring