Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qutqaruvchilar YTHga uchragan 2 fuqaroning hayotini saqlab qoldi

Qutqaruvchilar YTHga uchragan 2 fuqaroning hayotini saqlab qoldi

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

3-iyul   «Qamchiq» qutqaruv otryadi dispetcheriga  «Toshkent-Vodiy» yo‘nalishida harakatlangan  «Nexia» haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, shu yo‘nalishdagi old tomonda harakatlanib ketayotgan  «DAF» yuk mashinasining orqasidan kelib, to‘qnashgani xabar berilgan.

Oqibatda «Nexia» rusumli avtomashina haydovchisi va yo‘lovchi o‘rta darajadagi tan jarohati olishgan.

Voqea joyiga 3 nafar qutqaruvchi yetib borib, yo‘l-patrul xizmati, tez-tibbiy yordam xizmati xodimlari bilan hamkorlikda tan jarohati olgan haydovchi va yo‘lovchiga birinchi yordam ko‘rsatishgan.

Jabrlanuvchilar Angren shahar markaziy shifoxonasiga yuborilgan.

Qutqaruvchilar ko‘rsatgan birinchi yordam natijasida 2 nafar fuqaroning hayoti saqlab qolindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring