Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Quyoshda eng yuqori X toifaga mansub chaqnash sodir bo‘ldi

Quyoshda eng yuqori X toifaga mansub chaqnash sodir bo‘ldi

Foto: SDO/NASA

Dushanba kuni olimlar Quyoshda eng yuqori X toifaga mansub chaqnash sodir bo‘lganini qayd etishdi.

5-avgust soat 15:40 da (bizning vaqt) Quyoshdagi 3767 (S10W88) dog‘lar guruhi rentgen diapazonida X1.7 toifali chaqnash yuz berib, 30 daqiqa davom etgan. Chaqnash bilan birga, II spektral turdagi radionurlanish tarqalishi kuzatilgan.

Bundan tashqari, M1.0, M1.2/SF, M6.1/1N, M1.7 toifali chaqnashlar ham qayd etilgan.

Quyoshdagi chaqnashlar rentgen nurlanishi darajasiga qarab besh: A, B, C, M va X toifaga ajratiladi. Eng quyi darajasi A0.0 bo‘lib, u Yer orbitasidagi 1 kv m.ga 10 nVt.ni tashkil etuvchi nurlanish bilan teng. Quyoshdagi chaqnash navbatdagi harf toifasiga o‘tganida (masalan, A dan B ga yoki B dan C ga) 10 baravar kuchayadi.

Chaqnashlar bilan birga odatda quyosh plazmasi otiladi, uning bulutlari esa Yergacha yetib kelib, magnit bo‘ronlarini hosil qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring