Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi

Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi

Foto: Xabar.uz

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Buloqboshi tumani tibbiyot birlashmasi statisti B.X. fuqaro T.Z.ni Marhamat tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga hamda fuqaro T.Yu.ni viloyat tibbiyot muassasalaridan biriga ishga kiritib qo‘yishi evaziga har biri uchun 800 AQSh dollaridan jami 1 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Xiva shahar bo‘limi DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.Ya. fuqaro N.Yu.ning qarindoshi M.I.ni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 1 500 AQSh dollari evaziga “Bekobod” qishloq vrachlik punktiga ishga kiritib qo‘yishini aytib, oldindan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Olmazor tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent shahar filialining bo‘lim mudiri N.Z. (muqaddam sudlangan) fuqaro Z.A.ni Olmazor tumani tez tibbiy yordam bo‘limiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring