Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqand yo‘lida yuk mashinasi yonib ketdi

Samarqand yo‘lida yuk mashinasi yonib ketdi

Foto: «Proprikol.ru»

«Samarqand yo‘lida Fura yuk mashinasida yong‘in chiqdi» sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan ma’lumot berildi.

Kecha, 12-oktyabr kuni soat 23:38 da Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani «Olmazor» MFYdan o‘tgan M-39 yo‘lining 1048 km.da harakatlanayotgan «MAN» rusumli tirkamali yuk avtomashinasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 00:01 da yetib borib, yong‘in soat 00:05 da qurshab olingan va soat 01:12 da o‘chirilgan. Ma’lumot uchun, eng yaqin yong‘in o‘chirish qismdan yong‘in sodir bo‘lgan manzilgacha masofa taxminan 18 km. ni tashkil etadi.

Yong‘in natijasida yuk avtomashinasining tirkamasiga yuklangan taxminan 25 tonna polietilen rulonlar yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring