Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Internetda sharmanda qilish bilan tahdid qilgan tovlamachi ushlandi

Internetda sharmanda qilish bilan tahdid qilgan tovlamachi ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kasbi tuman bo‘limi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro D.U. boshqa bir fuqaro Z.ning qadr-qimmati va obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan fotosuratlarini internet ijtimoiy tarmoqlari orqali tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, evaziga undan 3 000 AQSh dollari talab qilib, 500 AQSh dollari va 4 dona tilla taqinchoqlarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring