Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent yerusti metrosi yo‘lida kichik o‘pirilish sodir bo‘lgani videosi tarqaldi

Toshkent yerusti metrosi yo‘lida kichik o‘pirilish sodir bo‘lgani videosi tarqaldi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent yerusti halqa metrosining «Do‘stlik-2» bekatidan «Qo‘yliq» bekatigacha bo‘lgan yo‘nalishning poyezd yuradigan yo‘li qismida kichik o‘pirilish sodir bo‘lgani haqida video tarqaldi.

Hozircha ushbu holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berilgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, mazkur yo‘nalish uzunligi 11 kilometr bo‘lib, unda yettita bekat joylashgan. Ushbu yo‘nalish kuniga 46 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring