Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urganchda shokolad ichidan giyohvand moddalar topildi

Urganchda shokolad ichidan giyohvand moddalar topildi

Videodan kadr

Urganchda shokolad ichidagi «gashish», Yangiqo‘rg‘onda esa 423 tup kannabis aniqlandi. 

​«Xavfsiz va sog‘lom yurt» tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar hamda Bojxona organlari xodimlari hamkorligida Xorazm viloyatining Urganch tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda 2000-y.t., muqaddam sudlangan shaxs Rossiyadan taksi orqali yuborilgan jo‘natmani qabul qilib olgan vaqtida to‘xtatilib tekshirildi.

​Natijada mazkur jo‘natma ichida 10 dona shokolad paketlariga qadoqlangan jami 967 gr «gashish» moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi.

​DXX Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1988-y.t. shaxs o‘ziga tegishli yer maydonida 423 tup kannabis o‘simligini kelgusida sotish maqsadida yetishtirib kelayotganligi aniqlanib, protsessual tarzda rasmiylashtirildi.

​Hozirda ikkala fuqaroga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring