Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangiyo‘lda yuk avtomashinasi avtobusga urildi, yo‘lovchi ayol vafot etgan

Yangiyo‘lda yuk avtomashinasi avtobusga urildi, yo‘lovchi ayol vafot etgan

Foto: Toshkent viloyati IIBB YHXB

Bugun, 26-iyun tongida Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida yuk avtomashinasi va avtobus ishtirokida ayanchli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Viloyat IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, YTH oqibatida bir kishi halok bo‘lgan.

Ma’lumot berilishicha, hodisa soat 07:00 larda M-39 Toshkent—Termiz yo‘lining 825-kilometrida yuz bergan. Chinoz—Toshkent yo‘nalishida Isuzu yuk avtomashinasini boshqarib ketayotgan haydovchi A.S. (1997-y. t.) o‘ziga nisbatan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanayotgan haydovchi A.Ch. (1963-y. t.) boshqaruvidagi Isuzu avtobusining orqa qismiga borib urilgan.

Urilish oqibatida avtobusdagi yo‘lovchi ayol — F.O. (1997-y. t.) olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida olamdan o‘tgan. Yuk avtomashinasi yo‘lovchisi B.S. (2000-y. t.) tan jarohati bilan jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Avtobusdagi boshqa yo‘lovchilarga ham birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Isuzu yuk mashinasi haydovchisi uxlab qolishi sababli YTH sodir bo‘lgan. Hozir holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring