Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yarim tunda Bo‘rijar kanaliga tushib ketgan shaxs qutqarildi

Yarim tunda Bo‘rijar kanaliga tushib ketgan shaxs qutqarildi

Bugun, 23 iyul kuni soat 01:56 da Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bahodir ko‘chasidan oqib o‘tuvchi Bo‘rijar kanaliga bir fuqaro qo‘lini yuvish maqsadida borib, ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketganligi va uni olib chiqishda amaliy yordam so‘rab FVBga xabar tushgan.

Zudlik bilan aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borgan va maxsus qutqaruv anjomlari yordamida fuqaroni sog‘ salomat suvdan olib chiqib, hayotini saqlab qolgan.

Shundan so‘ng, tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan. Fuqaroning ahvoli yaxshi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring