Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YPX inspektori va haydovchi o‘rtasidagi ziddiyatli holat videosi tarqaldi

YPX inspektori va haydovchi o‘rtasidagi ziddiyatli holat videosi tarqaldi

Videodan skrinshot

Internetda Toshkent yo‘llarida YPX inspektori va yuk avtomobili haydovchisi o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyatli vaziyat videosi tarqaldi. Mazkur holatga Toshkent shahar IIBB izoh berdi.

«2020-yil 16-oktyabr kuni taxminan soat 16.40 da Mirzo-Ulug‘bek tumani Ziyolilar va Sayram ko‘chasi kesishmasida mazkur hududda xizmat olib borgan YPX inspektori jezl va hushtak bilan SREM ST rusumli (davlat raqami 01 F 620 EB) yuk avtomobiliga to‘xtash haqida ishora qilgan. Ammo haydovchi bu ishorani mensimasdan, harakatni davom ettirgan. Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida transport vositasi tez orada majburiy tarzda to‘xtatilgan. Haydovchi – 23 yoshli Sergeli tumanida yashovchi Doniyor I. edi», – deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar IIBB YHXB maxsus divizion 6-son mobil guruhi inspektori kichik serjant N. Xaytxodjayev haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 194-moddasi («Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik») bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirgan. Avtomobil jarima maydonchasiga joylangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring