Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yuridikka kiritish operatsiyasi» noxush yakunlandi

«Yuridikka kiritish operatsiyasi» noxush yakunlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro X.X. (muqaddam sudlangan) fuqaro M.Sh.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida chet tillari bo‘yicha tahsil olganligi to‘g‘risida sertifikat olib berib, Toshkent davlat yuridik universitetining magistratura bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 3 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring