Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BAAlik mutaxassis vazirlik va davlat idoralari xodimlariga trening o‘tmoqda

BAAlik mutaxassis vazirlik va davlat idoralari xodimlariga trening o‘tmoqda

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

2020-yil 24-25-fevral kunlari Adliya vazirligida BAAning Vazirlar Mahkamasi ishlari va kelajak vazirligi vakili Aziz Xmud Al-Ameri tomonidan mamlakatimizning 25 ga yaqin vazirlik va davlat idoralarning xodimlari hamda Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimlari uchun ikki kunlik «Umumiy sifat boshqaruvi: Hukumat faoliyatini takomillashtirish» mavzusida trening o‘tkazilmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi. 

Trening ishtirokchilari Hukumat va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar faoliyatini yanada takomillashtirish hamda O‘zbekiston Hukumatining faoliyati samaradorligi va salohiyatini oshirishda amirliklarning tajribasini qo‘llash bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Jumladan, tadbirning birinchi kunida Birlashgan Arab Amirliklarning Vazirlar Mahkamasi ishlari va kelajak vazirligi vakili Aziz Xmud Al-Ameri mukammal davlat tizimini shakllantirish, an’anaviy menejment va sifat menejmenti o‘rtasidagi farqni aniqlash, strategiya va uni amalga oshirish, strategik maqsadga erishishda yutuqlarni o‘lchash, samarali boshqarish vositalarini qo‘llash va samaradorlikni baholash vositalaridan foydalangan holda ish faoliyatini monitoring qilish yo‘nalishlaridagi BAAning tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring