Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda kafedra o‘qituvchisi pora bilan ushlandi

Buxoroda kafedra o‘qituvchisi pora bilan ushlandi

Foto: «Xabar.uz»

Avvalroq Buxoroda kafedra mudirining pora bilan qo‘lga tushgani haqida xabar berilgan edi.

Kuni kecha Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti viloyat boshqarmasi surishtiruv bo‘limi yana bir shunday jinoyatni fosh etdi.

«Xabar.uz»ga berilgan ma’lumotga ko‘ra,  bu galgi pora berishga dalolat qilish jinoyati bilan bog‘liq holat Buxoro muhandislik texnologiya instituti «Xorijiy tillar» kafedrasi o‘qituvchisi M. A. tomonidan sodir etilgan.

Bir necha yildan buyon shu institutda faoliyat yuritib kelayotgan kafedra o‘qituvchisi M.A. hamkasbi D.J.ga vakolatli tanishlari orqali «V2», ya’ni ingliz tili darajasini belgilovchi Sertifikatni olib berishi evaziga undan 2500 AQSh dollari berishini talab qilgan. D.J. bu haqda huquq-tartibot idoralariga ariza bilan murojaat qilgan.

Shundan so‘ng huquq-tartibot idoralari tomonidan tezkor tadbir uyushtirilgan. Unda kafedra o‘qituvchisi hamkasbidan Buxoro shahridagi kafelardan birida 2500 miqdoridagi AQSh dollarini olayotgan vaqtda ushlangan.

Shunga qaramasdan, M. A. avvaliga aybini tan olmagan va fuqaro D. J. unga nisbatan tuhmat qilayotganini iddao qilgan. Biroq, ovoz yozuvlari hamda D.J.dan undirgan pullarida «pora» yozuvining mavjudligi uni o‘z aybiga iqror qilgan.

Bayon qilinganlarga ko‘ra,  fuqaro M. A.ning harakatlarida o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish va pora berishga dalolat qilish jinoyatlari alomati mavjudligi aniqlangan.

Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining  25- hamda 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Holat yuzasidan tergov harakatlari viloyat  prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring