Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Budjetdan tashqari pensiya fondi xodimlari qo‘lga olindi

Budjetdan tashqari pensiya fondi xodimlari qo‘lga olindi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zini Mirzo-Ulug‘bek tumani Budjetdan tashqari pensiya fondi xodimi deb tanishtirgan erkak arizachiga 1 800 AQSh dollari miqdorida noqonuniy pul mukofoti evaziga pensiya miqdorini oshirishni va’da qilgan. Bu haqda 13-yanvar kuni Toshkent shahar IIBBga xabar kelib tushgan.

Shu kunning o‘zida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1 800 AQSh dollari olayotganida Mirzo-Ulug‘bek tumani Budjetdan tashqari pensiya fondi xodimi, 33 yoshli muqaddam sudlangan Sherzod D. qo‘lga olindi. Uning ko‘rsatmaliriga asosan mazkur tashkilotda ishlovchi 32 yoshli Umarjon A. tergovga jalb qilindi.

To‘plangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining tuman bo‘limiga yo‘naltirildi. Tergov davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring