Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlat kadastrlar palatasi mansabdori ushlandi

Davlat kadastrlar palatasi mansabdori ushlandi

Foto: DXX

Avvalroq DXX tomonidan Toshkent shahri va qator viloyatlarda noqonuniy yer sotish holatlariga chek qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.

Qayd etilishicha, Jomboy tumanida yashovchi, 1999 y.t. shaxs ham Davlat kadastrlar palatasining mazkur tumandagi filiali xodimi bilan kelishgan holda, hokimlik zaxirasida bo‘lgan 25 sotix bo‘sh yer maydonini xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 24 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida ushlandi.

Davlat kadastrlar palatasining Jizzax viloyatidagi tuman filiallaridan birining rahbari mahalliy fuqaroning yashash xonadoni yonida joylashgan 38 sotix yer maydonini auksion orqali sotib olishda ko‘maklashish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga undan 6,5 ming AQSh dollari miqdorida pora talab qiladi.

DXX hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur mansabdor shaxs so‘ralgan pul mablag‘idan 6 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Sirdaryo tumanida yashovchi, 1992 y.t. fuqaro ham o‘zganing ishonchiga kirib, Guliston tumani hokimligi zaxirasida bo‘lgan 6 sotix yer maydonini kadastr tizimidagi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 4 ming AQSh dollari olgan vaqtida DXX va IJQK Departamenti xodimlari tomonidan ushlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring