Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Eng yaxshi advokat» tanlovi o‘tkaziladi

«Eng yaxshi advokat» tanlovi o‘tkaziladi

Foto:«Ekspertiz.com.ua»

Advokatlar palatasi tomonidan  «Eng yaxshi advokat» va  «Eng yaxshi advokatlik tuzilmasi» respublika tanlovlari  o‘tkaziladi.

2 bosqichdan iborat bo‘lgan tanlovning birinchi bosqichi Advokatlar palatasining joylardagi hududiy boshqarmalari tomonidan belgilangan baholash mezonlari asosida joriy yilning fevral oyida o‘tkazilsa, ikkinchi bosqichi esa mart oyida tashkil etiladi.

Tanlovda yakunlangan yil davomida advokatlik tuzilmalari va advokatlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinadi. Bunda har bir hududdan 3 tadan eng yaxshi advokatlik tuzilmasi va advokat nomzodiga takliflar 2018-yilning 28-fevral kuniga qadar Advokatlar palatasiga taqdim etilishi lozim.

Ular orasidan advokatlik tuzilmalari rahbarlari va advokatlar hakamlar hay’ati tomonidan suhbatdan o‘tkazilib, yilning eng yaxshi 3 ta advokatlik tuzilmalari va advokatlar aniqlanadi.

Tanlov g‘oliblari joriy yilning aprel oyida bo‘lib o‘tadigan  «Tashkent Law Spring» xalqaro yuridik forumida taqdirlanadi.

Ma’lumot uchun: tanlovda 2018-yilda jinoiy javobgarlikka tortilgan advokatlar faoliyat ko‘rsatgan advokatlik tuzilmalaridan hamda intizomiy javobgarlikka tortilgan advokatlardan tashqari barcha advokatlik tuzilmalari va advokatlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring