Farg‘onada «ozdirish uchun kofe»lar savdosi to‘xtatildi
Farg‘ona shahrida ozdirish uchun mo‘ljallangan kofe va biologik qo‘shimchalarni noqonuniy sotish holati aniqlandi.
Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda O‘zbekiston fuqarosi 4 turdagi mahsulotni shartli xaridorga oldindan kelishilgan 65 million so‘m evaziga sotayotgan vaqtda to‘xtatilgan.
Uning ko‘rsatmasi asosida O‘zbekistonda bo‘lib turgan xorijiy davlat fuqarosi ham ushlangan.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, olib qo‘yilgan mahsulotlarning 2 turi — jami 4 ming 860 dona “Catalina Coffee” va “For x5 mixed coffee” tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi “sibutramin” moddasi mavjudligi aniqlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter