Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ishqiy sahna» tasvirini 50 ming AQSh dollariga «baholagan»lar qo‘lga olindi

«Ishqiy sahna» tasvirini 50 ming AQSh dollariga «baholagan»lar qo‘lga olindi

Fuqaro B.S.ni bir emas, bir necha shaxslar «burchakka taqadi»: 50 ming AQSh dollari bermasang, holingga voy... Nega? Unga bir ayol bilan ishqiy munosabatlari aks etgan videotasvirni ko‘rsatishdi: «Buni ishxonangdagilar yoki oila a’zolaring ko‘rsa bormi? O‘x, tamomsan-a?!». Shudog‘am «tamom bo‘lgan» B.S. ularning talabiga rozi bo‘ldi go‘yo. Pulni olib kelish vaqti va makoni kelishilgach, to‘g‘ri tegishli idoraga murojaat etdi...

Mazkur voqelik birorta kinoda bo‘lgani yo‘q. Aynan Toshkentda, poytaxtning qoq kindigida sodir bo‘ldiki, talab qilinayotgan pul miqdoridan kelib chiqilsa, tovlamachilar «katta o‘lja»ni qarmoqqa ilintirishmoqchi bo‘lganini ilg‘ash qiyinmas.

Biroq «o‘lja»yam anoyi ekanmi?!

Uning murojaatidan so‘ng Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazdi. Natijada tovlamachilar kelishilgan pulni olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, ayni paytda Jinoyat kodeksining 165-moddasi («Tovlamachilik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring