Jizzaxda salkam 6000 tonna bug‘doy talon-toroj qilindi
Fuqaro A.B. Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi «B.B.» AJ ombor mudiri lavozimida ishlab kelib, moddiy javobgar shaxs bo‘lgani holda jamiyatning boshqa mansabdor shaxslari bilan jinoiy til biriktirib, o‘ziga ishonib topshirilgan va ixtiyorida bo‘lgan o‘zganing juda ko‘p miqdordagi mulkini o‘zlashtirish yoki rastarata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Inspeksiya «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Inspeksiya tomonidan ushbu fuqaro javobgarligidagi bug‘doyning kirim-chiqim harakati to‘g‘risidagi hisobotlari o‘rganilganida, jami 5 mln. 801 ming 752 kg (qiymati 11 mlrd. 359 mln. 830 ming 416 so‘mlik) oqlanmaydigan bug‘doy kamomadi mavjudligi aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Inspeksiya tomonidan jamiyat ombor mudiri A.B. va boshqa mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlarini o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuborilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter