Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kadastr xodimining kaltaklanishi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

Kadastr xodimining kaltaklanishi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida erkak va uning o‘g‘li xizmat vazifasini bajarayotgan kadastr xodimini kaltaklagani aks etgan video tarqalgandi. Bosh prokuratura holat nazoratga olinganini ma’lum qildi. 

«Bo‘stonliq tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan kadastr xodimiga qarshilik ko‘rsatgan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi Bosh prokuratura matbuot kotibi xabarida. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring