Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha qonun loyihasi taqdim etildi

Manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha qonun loyihasi taqdim etildi

Adliya vazirligi tomonidan manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish to‘g‘risida qonun loyihalari jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Qonun loyihalarida quyidagilar nazarda tutilmoqda:

- davlat tashkiloti xodimi yoki uning yaqin qarindoshi aksiyadori, muassisi (ishtirokchisi), boshqaruv organi a’zosi hisoblanadigan yuridik shaxs ushbu xodimlarga aloqador shaxs hisoblanishi belgilanmoqda;

- davlat tashkiloti faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi tartibga solishda vakolatli organlar, ya’ni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, davlat tashkilotlarining odob-axloq komissiyalari, kadrlar bo‘linmalari va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining vazifalari belgilanmoqda;

- davlat tashkiloti xodimi tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ma’lum qilish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi belgilanmoqda:

- manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni deklaratsiya qilish;
- mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar berish.

Shuningdek, davlat tashkiloti xodimining yaqin qarindoshlari va unga aloqador bo‘lgan shaxslar mazkur xodimning mehnat qilayotgan tashkiloti bilan huquqiy munosabatga kirishayotganida manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida yozma yoki elektron shaklda xabar berishi lozimligi belgilanmoqda.

Bundan tashqari, manfaatlar to‘qnashuviga oid talablarni buzganlikning huquqiy oqibatlari belgilanmoqda.

Qonun loyihalari bilan ushbu havolalar orqali tanishing va jamoatchilik muhokamasida o‘z takliflaringiz bilan faol ishtirok eting.

https://regulation.gov.uz/oz/d/60813 
https://regulation.gov.uz/oz/d/60954

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring