Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mastlik holatida sodir etilgan YTHlar uchun jazo kuchaytiriladi – loyiha

Mastlik holatida sodir etilgan YTHlar uchun jazo kuchaytiriladi – loyiha

Prezidentning 2025-yil 2-apreldagi 18-1-600/2-son topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi tegishli qonun loyihasini ishlab chiqdi.

Loyiha bilan, jumladan, YTHlarni mastlik holatida yoki giyohvand vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoki shaxsning aql-irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida sodir etganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif etilib, bunda JKning 266-moddasi 2-qismi dispozitsiyasini yangi tahrirda qabul qilib, mastlik holatida yoki giyohvand vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoki shaxsning aql-irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalar ta’siri ostidagi shaxs tomonidan sodir etilgan YTHlarni alohida jinoyat tarkibi sifatida belgilash taklif etilmoqda.

Ya’ni, transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish badanga og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmish mastlik holatida yoki giyohvand vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoki shaxsning aql-irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalar ta’siri ostidagi shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, muayyan huquqdan mahrum qilib, yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ma’lumot uchun, 2021 yilda umumiy yo‘l-transport hodisalari jami 10 001 tani tashkil etib, shundan, 2 197 tasi o‘lim bilan bog‘liq holatlar, 7 804 tasi tan jarohati bilan bog‘liq holatlarni tashkil etgan.

Shuningdek:

  • 2022 yilda  9 902 ta YTHdan 2 086 tasi o‘lim, 7 816 tasi tan jarohati bilan bog‘liq;
  • 2023 yilda  9 712 ta YTHdan 2 282 tasi o‘lim, 9 214 tasi tan jarohati bilan bog‘liq;
  • 2024 yilda  9 364 ta YTHdan 2 203 tasi o‘lim, 8 901 tasi tan jarohati bilan bog‘liq;
  • 2025 yil 3 oyi davomida  1 293 ta YTHdan 296 tasi o‘lim, 1 279 tasi tan jarohati bilan bog‘liq holatlarni tashkil etgan. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring