Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MIB xodimlari pora bilan ushlandi

MIB xodimlari pora bilan ushlandi

Foto: Xabar.uz

Majburiy ijro byurosining Andijon shahar bo‘limi xodimlari sud qarorini bajarish evaziga 4 ming AQSh dollari olayotganda qo‘lga tushishdi.

Bu haqda MIB Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Farrux Toshpo‘latov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 14 yanvar kuni fuqaro O.Q. ning arizasiga asosan Andijon viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari, viloyat prokuraturasi va Byuroning viloyat boshqarmasi shaxsiy xavfsizlik bo‘yicha xodimlari o‘zaro hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda byuroning Andijon shahar bo‘limi davlat ijrochisi F.F. o‘z ish yurituvidagi qarzdor U.X. va boshqalarni majburiy ko‘chirish to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro qilib berishlik evaziga Andijon tuman bo‘limi davlat ijrochisi I.Q. bilan birga Andijon shahar, A.Temur ko‘chasida joylashgan «Vatan» choyxonasi yaqinidagi bekatda O.Q. dan 4000 AQSh dollari olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan 14.01.2021 yilda F.F. va I.Q.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi «v, g» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring