Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIBga ijro uchun taqdim etiladigan hujjatlar ilovasiga o‘zgartirishlar kiritildi

MIBga ijro uchun taqdim etiladigan hujjatlar ilovasiga o‘zgartirishlar kiritildi

Foto: «Xabar.uz»

Endilikda, MIB organlariga taqdim etilayotganda, ijro hujjatlariga ilova qilinishi kerak bo‘lgan hujjatlarga  O‘zbekiston Respublikasining 28.08.2024 yildagi «Ijro ishini yuritish yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-947-sonli Qonuni bilan qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning  8-3-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 2-1-band bilan to‘ldirildi va unga ko‘ra, iste’mol qilingan elektr energiyasi yoki tabiiy gaz uchun majburiy to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi ariza vakolatli organga yoki mansabdor shaxsga berilguniga qadar qarzdor jismoniy shaxs energiya resurslari tarmoqlaridan uzilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi lozim bo‘ladi.

Xuddi shuningdek, Fuqarolik protsessual kodeksi 173-moddasi (Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar) quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirildi:

  • iste’mol qilingan energiya resurslari va ichimlik suvi uchun majburiy to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi ariza vakolatli organga yoki mansabdor shaxsga berilguniga qadar qarzdor yuridik shaxs (bundan qonunchilikka binoan tarmoqlardan uzilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan iste’molchilar mustasno) energiya resurslari tarmoqlaridan va suv ta’minotidan uzilganligini tasdiqlovchi hujjatlar talab etiladi.

Bundan tashqari, qonun bilan, qarzdor jismoniy shaxslardan pochta xarajatlarini undirish to‘g‘risidagi sud hujjatlariga nisbatan ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llanilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring