Navoiyda 13 nafar mahkum ozodlikka chiqarildi
Yaqinda Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchquduq tuman sudi Zarafshon shahar sudi binosida sayyor ochiq sud majlisi o‘tkazildi. Unda Navoiy viloyat IIB jazoni ijro etish bo‘limi 36-son manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 74-moddasiga asosan tayinlangan jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish bilan bog‘liq ish materiallari ko‘rib chiqildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchquduq tuman sudi raisi Jahongir Karimovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, Navoiy viloyat IIB jazoni ijro etish bo‘limi 36-son manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan o‘n uch nafar mahkumga tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmay qolgan qismi ahloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilib, ular oila a’zolari bag‘riga qaytarildi. Ya’ni ularga o‘talmay qolgan jazolarini halol mehnat orqali ado etib, kelajak hayotlarini yaxshilanishi uchun imkoniyat berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter