Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiyda qasddan odam o‘ldirish jinoyati ko‘paydi

Navoiyda qasddan odam o‘ldirish jinoyati ko‘paydi

Jinoyatni fosh etishdan ko‘ra, uni oldini olish muhim. Samara shunda. Bugun amalga oshrilayotgan ishlar jinoyatchilikning oldini olish borasida davlatimiz rahbari qo‘ygan talablarga to‘liq javob beradi, deb bo‘lmaydi.

Navoiy viloyatini olaylik.

Viloyatda o‘tgan yili qasddan odam o‘ldirish 18,8 foizga, odam savdosi 33,3 foizga, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish 10,7 foizga ko‘paygan. Bu org‘iqli raqamlar hammani tashvishlantirishi tabiiy. Demak, qilingan ishlardan ko‘ra, qilinadigani ko‘proq.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudi raisi U.Ro‘ziqulovning «Xabar.uz» bildirishicha, ijobiy o‘zgarishlar ham yo‘q emas. O‘tgan yili viloyat jinoyat sudlarida 1802 nafar shaxsga nisbatan 1381 ta jinoyat ishlari mazmunan ko‘rilib chiqilgan. Tahlillar ayrim jinoyatlar 2017 yilga qaraganda kamayganini ko‘rsatmoqda. Masalan, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish 28,3 foizga, fohishaxona saqlash yoki qo‘shmachilik qilish 78,4 foizga, bosqinchilik 76,2 foizga, davlat mulkini talon-toroj qilish 26,6 foizga, firibgarlik 27,3 foizga, o‘g‘rilik 16,2 foizga, pora olish 15,8 foizga, pora olish-berishda vositachilik qilish 22,2 foizga, bezorilik 17,5 foizga kamaygannini ko‘rish mumkin.

Shunga qaramay, xotirjam bo‘lmoqqa asos yo‘q. Jinoyatchilikka qarshi kurashish mavsumiy ishlar sirasiga kirmaydi. Ular tizimli va izchil amalga oshirilmog‘i kerak. Jinoyatning bittasi ham ko‘p, chunki, u o‘z nomi bilan jinoyat-da. Bu borada nainki tegishli organlar, balki qator jamoat tashkilotlari, balki har bir fuqaro zimmasiga ham ma’lum mas’uliyat yuklaydi. O‘sha mas’uliyatni his etib yashasak, bas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring