Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rais ochiqladi: nechta sudyalik lavozimi bo‘sh?

Rais ochiqladi: nechta sudyalik lavozimi bo‘sh?

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida bo‘lib o‘tgan «Sudlar faoliyatida ochiqlik va oshkoralik prinsipini ta’minlashda OAVning o‘rni va roli» mavzuidagi tadbirda ommaga ko‘pam aytilmaydigan yana bir ma’lumot ochiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K.Kamilov alohida qayd etdiki, respublika bo‘yicha 1380 ta sudyalik lavozimining qariyib 20 foizi vakant bo‘lib turibdi. Ya’niki, sud korpusi to‘la  tarkibda faoliyat yuritishi uchun yana 256 nafar sudya kerak. Shuncha lavozim vakant turgani esa faoliyat ko‘rsatayotgan sudyalarning ish hajmi oshib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Ish hajmining haddan ziyod ko‘pligi o‘z-o‘zidan sud hujjatlari sifatiga ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Baxtga qarshi, sudyalik lavozimiga nomzodlarning hammasiniyam mavjud talabga javob beradi, deb bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining o‘zida oltmish yetti nafar sudya faoliyat ko‘rsatishi kerak (rais va uning o‘rinbosarlarini qo‘shib hisoblaganda). Bu dargohda ham  vakant lavozimlar yo‘q emas. Ustiga ustak, sakkiz nafar sudyaning vakolat muddati yakunlanmoqda. Yaqinda bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Senati yig‘ilishiga Oliy sud tarkibiga qator nomzodlar taklif qilinadi. Bu nomzodlarning senatorlar tomonidan tasdiqlanishi esa intizorlik bilan kutilmoqda.

Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisning ikki nafar o‘rinbosari lavozimi ham  vakant hisoblanadi. Jinoyat ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlik anchadan buyon bo‘sh bo‘lsa, ma’muriy ishlar bo‘yicha Oliy sud raisining o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan B.Dehqonov yaqinda hisbga olingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring