Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sardoba fojiasi oqibatlaridan foyda ko‘zlagan sobiq mahalla raisi ushlandi

Sardoba fojiasi oqibatlaridan foyda ko‘zlagan sobiq mahalla raisi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasi Oqoltin tumani bo‘limi tomonidan fuqaro X.B.ning arizasiga asosan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida Oqoltin tumani «Saxovat» mahallasi sobiq raisi A.S. o‘zining xizmat mavqeidan foydalanib, Sardoba suv ombori to‘g‘oni yorilishi oqibatida talofat ko‘rgan fuqaro X.B.ning ishonchiga kirib, aldov yo‘li bilan Oqoltin tumani «Saxovat» mahallasi hududidan 4 sotix yer maydonini Oqoltin tumani hokimligi va tuman mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limida ishlovchi yaqin tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirishni hal qilib berish evaziga 3,0 mln. so‘m talab qilib, 2020 yil iyul oyi boshlarida firibgarlik yo‘li bilan 300 AQSh dollari pul mablag‘larini qo‘lga kiritib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring