Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Tekin pishloq»qa ishongan shaxs 12 milionni yo‘qotdi

«Tekin pishloq»qa ishongan shaxs 12 milionni yo‘qotdi

Foto: Xabar.uz

Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida yashovchi 33 yoshli N.I. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 12.150.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahri, Yunusobod tumanida yashovchi 27 yoshli X.D. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan X.D. internet foydalanuvchilariga «Telegram» messenjeri orqali turli xil mazmunidagi xabarni (havola) jo‘natib, ularni qiziqtirib, bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali bank kartalarida saqlangan pullarni o‘g‘irlab, qing‘ir yo‘llar bilan boylik orttirib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.D.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring